#E’LON

Baspadan shıǵarıw Betti bólisiw
30.09.2025 3 Yangiliklar

Nukus shahri bo‘yicha vaqtinchalik tashkil etilgan 86-sonli "Obod makon MFY-Markaziy bozor" oralig‘ida M2 klass avtotransportlar (mikroavtobuslar) bilan xizmat ko‘rsatuvchi yo‘nalishli taksi yo‘nalishiga shu yilning 3-oktyabr kuni soat 17:00 da ochiq tender tanlovi bo‘lib o‘tadi.

 

Tender tanlovida yo‘lovchi tashish xizmati bilan shug‘ullanuvchi barcha avtokorxonalar ishtirok etish imkoniyatiga ega.

 

86-sonli yo‘nalish haqida ma’lumotlar va tender talablari quyidagicha:

 

Yo‘nalish uzunligi - 9,5 km;

Yo‘l haqi miqdori - 3000 so‘m;

Xizmat ko‘rsatuvchi avtotransport turlari - M2 sinfidagi avtotransportlar (mikroavtobuslar);

Avtotransportlar soni - 10 dona.

 

Tender tanlovi bo‘yicha keltirilgan takliflarga faqatgina avtotransportlarning ishlab chiqarilgan yili, sig‘imi va mulk turlari bo‘yicha ball hisoblash nazarda tutilgan.

 

Tender tanloviga ishtirok etuvchi talabgorlar 2-oktyabr soat 17.00 gacha komissiya nomiga tenderda ishtirok etish yuzasidan ariza topshirishi kerak bo‘ladi. Ushbu muddatdan keyin keltirilgan arizalar qabul qilinmaydi.

 

Tender tanloviga ishtirokchilar yo‘nalishga taqdim etilgan tender paketlarini o‘zlari bilan birga tender tanlovi bo‘lib o‘tadigan vaqtga, ya’ni 3 oktyabr kuni soat 17:00 da olib kelishlari kerak.

 

Tender tanlovi bo‘lib o‘tadigan manzil:

 

Nukus shahri, To‘rtko‘l avtomagistrali 1A uy

 

Tender tanlovi bo‘yicha to‘liq ma’lumotni 61 225-70-34 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.