0% ke úlkeytiw.
0% ke úlkeytiw.
Xalqimiz orasida "Binolar ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblar ichida eng ulug‘i muallimlik" degan hikmatli gap bor.
Yurtimizda 1 oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni. Bu sana har birimiz uchun aziz, mukarram, doimo e’zozda bo‘lgan ustoz va murabbiylarimiz, shu bilan birga, xalqimiz uchun ulkan bayramdir.
Inson tarbiyasi va uning kamolotida ustoz tarbiyasining o‘rni alohida.
Har bir inson qanday yutuqqa erishgan bo‘lsa, uning ortida, albatta, ustoz va murabbiylarning bergan ta’lim-tarbiyasi turgan bo‘ladi.
Shunday ekan, sharafli va olijanob kasb egalari bo‘lgan o‘qituvchi, muallim, ustoz va murabbiylarimizni 1 oktyabr - "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" bayrami bilan tabriklaymiz.
Ishlaringizga muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘liq, xonadoningizga omonlik, qut-baraka tilaymiz!
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi jamoasi